2025-2026 yilarda aynan tushgaan testlar

Turkum: Menejerlik

118

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.

 

 


Tomonidan yaratilgan admin

Menejerlik o‘quv kursi testi №1

30-yanvar 2026-yilda tushgan testlar
30 ta test 
80 min vaqt

Xuddi shunday testlarni ishlab tayyotgarlik ko'rish uchun +998936621188 ga murojaat qiling.

1 / 30

Kadrlar menejerining ish majburiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1. Xodimlarning shaxsiy fayllarini shakllantiradi va yuritadi, ularga ish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish
2. Xodimlarga ijtimoiy kafolatlar belgilaydi, ularga imtiyozlar va kompensatsiyalar ajratadi
3. Malaka, attestatsiya, tanlov komissiyalari va xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlar uchun taqdim etish uchun zarur materiallarni tayyorlash
4. Mehnat intizomi va ichki mehnat tartib-qoidalarini tashkilot xodimlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi
5. Manfaatlar to‘qnashuvini nazorat qiladi, xodimlarning kasblari va lavozimlarini belgilab boradi

2 / 30

Quyidagi tushunchalarni ularning ta’riflari bilan moslashtiring.
1. Ichki nazorat
2. Monitoring tizimi
3. Baholash mezoni
A) o‘quvchi bilimini aniqlovchi belgilangan standartlar va ko‘rsatkichlar majmui
B) DTS va MO‘D asosida muassasa ichida o‘tkaziladigan tahliliy nazorat shakli
C) o‘quv dasturi va rejaning bajarilishini kuzatish, baholash va takomillashtirish
D) ta’lim sifati va DTS talablarga rioya qilinishini ta’minlash

3 / 30

Rahbar xodimlarning ishga nisbatan motivatsiyasini oshirish maqsadida qayta aloqa usulidan foydalanganda, rag‘batlantirish vositasi to‘g‘ri keltirilgan javob variantini aniqlang

4 / 30

Ta’lim yondashuvlarini ularning asosiy yo‘nalishlari bilan moslashtiring.

1. Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
2. Kompleks va integratsiyalashgan
3. Ijtimoiy adolat va inklyuziv ta’lim
A) o‘quvchilarga bilim olish bilan birga ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini berish
B) o‘qish jarayonining uzluksiz davom etishi, zamon talabiga mos bilimlarni yangilash
C) virtual laboratoriyalar, interaktiv darslar va raqamli resurslar orqali ta’lim sifatini oshirish
D) ta’lim jarayonida barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash

5 / 30

PISA xalqaro baholash dasturi qanday davriylik va talablar asosida o‘tkazilib kelinmoqda?

6 / 30

Maktab rahbari ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda quyidagi yondashuvlardan qaysi birini strategik jihatdan eng to‘g‘ri deb hisoblash mumkin?

7 / 30

O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi holatlardan qaysi biri xato hisoblanadi?

8 / 30

Inson resurslari faoliyatini baholash metodlarini ularning tegishli ta’riflari bilan moslashtiring.
1. Ekspert baholash metodi
2. Benchmarking metodi
A) biznes jarayonlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini boshqa ilg‘or tashkilotlar tajribasi bilan solishtirib, sifat, vaqt va xarajatlarni tahlil qilishga asoslanadi
B) savolnoma orqali tashkil etilib, tashkilot rahbarlari va inson resurslari bilan olib borilayotgan ishlar va qo‘llanilayotgan usullar haqidagi fikrlarni o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi
C) xodimlar xizmati samaradorligini aniqlab, xarajatlar, xodimlarning ishga kelmasligi, tashkilotning birlik va kelishuv ko‘rsatkichlarini statistik ma’lumotlar orqali tahlil qilishga asoslanadi

9 / 30

Maktab direktori kasb standartidagi boshqaruv kompetensiyalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1. DTS va baholash tizimlarini joriy etish
2. Maktab hovlisini obodonlashtirish
3. Ta’lim sifati monitoringini tashkil etish
4. Kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish
5. Sport musobaqalarini tashkillashtirish

10 / 30

“Kasbiy rivojlanish kuni” maqsadlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1. O‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish
2. O‘quvchilarni baholash mezonlarini ishlab chiqish
3. Zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish ko‘nikmasini oshirish
4. Maktabda tayyorlash va baholash markazlarini tashkil etish
5. Muammoli o‘quvchilarning psixologik holati bilan ishlashni samarali qilish
6. Ijodiy ishlash va o‘z bilimini boyitishga sharoit yaratish

11 / 30

Ta’lim tashkilotida marketing faoliyatini yuritish bo‘yicha to‘g‘ri tushunchalar ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1. Bo‘sh turgan binolar, xonalarni ijaraga berish
2. Moddiy manfaatni oshirib, raqobatni kamaytirish
3. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
4. Moddiy resurslarni yangilashda ota-onalar mas’ulligini oshirish
5. Boshqaruv va iqtisodiy tizimni soddalashtirish
6. Rekonstruksiyada balansdagi eskirgan inventarlarni arzon narxda sotish

12 / 30

Tashkilotdagi ish jarayonlarini reja asosida amalga oshirilayotganini real faoliyat oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab baholash qaysi funksiyaga xos?

13 / 30

Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish bo‘yicha PR faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari to‘g‘ri keltirilgan javob variantini belgilang.
1. Reputatsiyani boshqarish
2. Ishonchni mustahkamlash
3. Raqobatchilarni kamaytirish
4. Tashkilot manfaatlarini biryoqlama ilgari surish
5. Axborot almashinuvini oshirish
6. Maqsadli auditoriya bilan aloqa o‘rnatish

14 / 30

Maktabda kutilmaganda 2 hafta karantin e’lon qilindi. Direktor qisqa muddatda darslarni uzluksiz davom ettirish uchun yangi vositalarni ishga tushirishi kerak. Maktab direktori qaysi intellekt turini birinchi navbatda ishga solishi lozim?

15 / 30

Quyidagi hamkorlik yo‘nalishlarini ta’riflari bilan moslashtiring.
1. Normativ-huquqiy hamkorlik
2. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
3. Pedagogik kadrlar bilan ishlash
A) kasbiy rivojlanishni ta’minlashda uzluksiz o‘qitish va ichki malaka jarayonlarini rejalash hamda yuritish
B) grantlar, stipendiyalar, qurilish va ta’minot uchun resurslar ajratish orqali sifatni oshirish
C) tashqi monitoring va akkreditatsiya asosida natijalarni tahlil qilish hamda baholashni joriy etish
D) ta’lim siyosatiga mos faoliyatni yo‘lga qo‘yish, o‘quv dasturlarini standartlarga muvofiqlashtirish

16 / 30

Loyiha faoliyatida loyiha maqsadi, vazifalari hamda amalga oshirilish natijalarini tahlil qilish qaysi bosqichda amalga oshiriladi?

17 / 30

O‘qituvchilarning tarifkatsiya ro‘yxati hududiy organlar tomonidan tasdiqlanishi uchun zarur bo‘lgan mezonlar to‘g‘ri keltirilgan javob variantini aniqlang.

1. V–XI sinflarda haftalik o‘quv yuklamasi va pedagogik yuklama 20 soatdan qilib belgilanganligi
2. O‘quv yuklamasi I–IV sinflarga 18 soat, V–XI sinflarda 20 soat etib belgilanganligi
3. O‘qituvchi ko‘p ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ularning ichidan ustuvorligiga muvofiq dars soati taqsimlanganligi
4. Informatika kabineti mudiri faqat informatika o‘qituvchisiga biriktirilganligi
5. Vaqt sinf rahbarligi bo‘yicha to‘lovlar o‘qituvchining dars soatdan kelib chiqib belgilanganligi

18 / 30

“Ijro.gov.uz” tizimiga mas’ul ijrochilar tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilishda amalga oshiriladigan jarayonlar to‘g‘ri berilgan javob variantini aniqlang.
1. Har qanday holatda ma’lumotlar avtomatik tarzda tasdiqlanadi
2. Tasdiqlovchi hujjatlar o‘n ish kuni ichida qabul qilinadi
3. Mutaxassislar jalb qilingan holda sohalar bo‘yicha tahlil qilinadi
4. Tizimga kiritilgan ma’lumotlarning to‘liqligi o‘rganiladi
5. Tahlil faqat raqamli ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi

19 / 30

Maktab ustavi qanday hujjat hisoblanadi?

20 / 30

Jamoada nizolar paydo bo‘lganda rahbar xotirjamlik bilan vaziyatga yondashdi, ochiq muloqot qo‘llab-quvvatladi va xodimlarga o‘zaro ishonch muhitini yaratdi. U o‘zini anglash va rahm-shafqat bilan munosabatda bo‘lishga e’tibor qaratdi. Ushbu holatda qo‘llangan liderlik uslubini aniqlang.

21 / 30

Atamalarni ularning ta’riflari bilan moslashtiring.
1. Axborot texnologiyasi
2. Axborot tizimi

A) ma’lumotlarni raqamli shaklda yaratish, guruhlash, qayta tasniflash, belgilash va ulardan samarali foydalanishga imkon beruvchi usullar majmuasi
B) ma’lumotlar bilan ishlash jarayonlarini bajarishga xizmat qiladigan apparat va dasturiy vositalar hamda ulardan foydalanish usullarining majmuasi
C) ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va taqdim etish imkoniyatini beruvchi ma’lumotlar bazalari, dasturiy apparat vositalari va tashkiliy tartibotlar integratsiyasi

22 / 30

Atamalarni ularning ta’riflari bilan moslashtiring.
1. Inklyuziv ta’lim
2. To‘siqlarni bartaraf etish
3. Teng qamrov tamoyili

A) maxsus ehtiyoji bo‘lgan bolani oddiy sinfga joylashtirish, unga boshlang‘ich moslashish, umumiy ta’limdagi teng yondashuv bosqichi
B) fizik, ijtimoiy va o‘quv jarayonidagi cheklovlarni aniqlab, ularga mos choralarni yetkazish jarayoni
C) kelib chiqishi, sog‘lig‘i va ijtimoiy sharoitidan qat’i nazar barcha bolalar imkoniyatini qamrab, resurslardan barobar foydalanish ko‘zlovchi prinsip
D) nogironligi bor va sog‘lom bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shib, muhit hamda o‘qitishdagi cheklovlarni tizimli kamaytirishga yo‘naltirilgan yondashuv

23 / 30

Agar o‘quvchi xalqaro fan olimpiadasi tanlovlari g‘olibi va ishtirokchisi bo‘lsa, u qanday baholash shakllaridan ozod qilinadi?

24 / 30

Umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi, yakuniy maqsadlar, o‘quv yuklamalari hajmi va ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablar qaysi normativ hujjatda belgilangan?

25 / 30

Liderlarning psixologik xususiyatlarini tavsiflari bilan moslashtiring.

1. O‘z-o‘zini anglash
2. Empatiya
3. Analitik fikrlash

A) liderning boshqa insonlarning his-tuyg‘ularini tushunish va ularga mos ravishda munosabatda bo‘lish qobiliyati
B) o‘z g‘oyalarini yetkazish va jamoani motivatsiya qilish uchun samarali muloqot qilish qobiliyati
C) kuchli va zaif tomonlarini tushunish, shuningdek, o‘z hissiyotlarini boshqarish qobiliyati
D) vaziyatni tahlil qilib, mantiqiy va asosli qarorlar qabul qilish qobiliyati

26 / 30

Viloyat markazidagi umumta’lim maktabida STEAM yo‘nalishidagi darslar tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilgan. Biroq ichki monitoring quyidagi muammolarni ko‘rsatdi: o‘qituvchilarning aksariyati zamonaviy IT platformalardan foydalanishda qiynalmoqda, ta’lim jarayonida texnologiyalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmagan, internet va texnik vositalar yetarli emas. Maktab rahbari ushbu vaziyatni hal etishda boshqaruv darajasini aniq belgilamaganligi sababli noto‘g‘ri yondashuv tanlandi. Natijada muammolar chuqurlashib, STEAM darslari natijadorligi kutilgan darajaga chiqmayapti.

Savol: Ushbu vaziyatda maktab rahbari muammoni samarali hal qilish uchun boshqaruv darajasini hisobga olgan holda qaysi yondashuvni tanlashi to‘g‘ri yechim hisoblanadi?

27 / 30

Shahar maktabida “Yashil maktab” loyihasi joriy qilindi. Loyiha muvaffaqiyati uchun o‘qituvchilar, ota-onalar va mahalla hamkorligi zarur edi. Ammo maktab rahbari barcha qarorlarni o‘zi mustaqil qabul qildi, loyiha maqsadi va kutilayotgan natijalarni jamoa bilan muhokama hamda ularning fikrlarini inobatga olmadi. Natijada o‘qituvchilar loyiha vazifalarini dars jarayoniga va sinfdan tashqari ishlarga integratsiya qilishni bilmay qoldi.

Ota-onalar va mahalla vakillari loyiha jarayonidan bexabar bo‘lgani uchun ishtirok pasaydi, ko‘chatlar ekish, suv va energiya tejamkorligi bo‘yicha ko‘zlangan natijalar erishilmadi. Shu bilan birga, jamoada malakali va mustaqil ishlay oladigan pedagoglar ko‘p, loyiha yechimlari esa turlicha bo‘lishi mumkin (masalan, dars integratsiyasi, klub faoliyati, ota-ona volontyorligi).

Loyiha barqarorligi, barchaning egalik hissi, ijodkorlik va ishtirokni oshirish uchun hamkorlikni kuchaytirish va vakolatlarni bo‘lish muhim bo‘lib qoldi.

Savol: Maktab rahbari ushbu vaziyatda loyiha natijalarini yaxshilash uchun qaysi demokratik boshqaruv turini tanlashi lozim?

28 / 30

Savol: Ushbu vaziyatda quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.

1.O‘qituvchilar va xodimlarni ta’sirli rag‘batlantirishda faqat moddiy rag‘batlantirish vositalarini qo‘llash kerak, chunki bu ularni har doim faollikka undaydi va foyda keltiradi — To‘g‘ri / Noto‘g‘ri

2.O‘qituvchilarga va xodimlarga muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish uchun rag‘batlantirishda maqtovlar va tan olish kabi motivatsiyalar oshirish yetarli hisoblanadi, ularning kasbiy faoliyati uchun foydaligini tushuntirish — To‘g‘ri / Noto‘g‘ri

3.Rag‘batlantirishda kompleks yondashuvni qo‘llash zarur, chunki xodimlarning motivatsiyasini oshirishda nafaqat moddiy, balki nomoddiy vositalarni ham samarali birgalikda qo‘llash kerak — To‘g‘ri / Noto‘g‘ri

29 / 30

28-maktab direktori D. Rahimov har chorshanba jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qiladi. Qabul jadvali maktab saytida va kirishdagi stendda e’lon qilingan. Bir kunda qabulga ikki o‘quvchi yozildi.

7-sinf o‘quvchisining onasi M. Safarova: “Ikki oydan matematika faniga oid yozma shikoyat bergan, 15 kun ichida yozma javob olmagan. Sinf rahbaridan ham to‘liq javob berilmagan. Endi esa yangi darslik yana shu masala bo‘yicha ko‘rib chiqish deb qabul yozdi.

“Maftuna faol” S. Jo‘rayev: U o‘zini 5 nafar ota-onaning vakili deb tanishtirdi va oshxona sanitariya bo‘yicha jamoaviy shikoyat yozma ravishda topshirdi. Ota-onalarning aytishicha, taomlar sifatsiz va vaqtida berilmaydi.

“Maktab o‘quvchisi Bahrom 15 yoshli, ota-onasiz o‘quvchi, vasiylik organi qaroriga ko‘ra internatda yashaydi. U direktor nomiga yozma murojaat qilib, internat tarbiyachilaridan birining o‘ziga nisbatan haqoratli muomalasi haqida shikoyat qiladi. 11-sinf, internat tarbiyachisidan birining o‘ziga nisbatan haqoratli muomalasi haqida shikoyat qiladi. 11-sinf, internat tarbiyachisidan birining o‘ziga nisbatan haqoratli muomalasi haqida shikoyat qiladi.

Maktab direktori D. Rahimov boshqaruv va huquqiy jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak.

Savol: Bunda murojaatlar bilan ishlashda direktorning qaysi harakatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun va me’yoriy nizom talablariga mos bo‘ladi?

  1. Safarova M.ning takroriy murojaatini og‘zaki rad etib, ammo murojaatini yozma qabul qilib, avvalgi bergan yozma murojaatiga yozma javob berilganligini ma’lum qilish.
  2.  Safarova M. bilan qisqa tushuntirish suhbati o‘tkazib, aynan shu masala bo‘yicha shaxsiy qabulni rad etish hamda yuqori turuvchi organga shikoyat qilish tartibini tushuntirish
  3. Jo‘rayev keltirgan jamoaviy murojaatni ro‘yxatga olish, holat joyida kuzatish hamda broker komissiyasi xulosasi bilan murojaatchiga yozma ravishda yetkazish
  4.  Safarova keltirgan jamoaviy murojaatni ko‘rib chiqmaslik, bu bo‘yicha xulosa tuzib, murojaatchiga yozma ravishda xabar qilish
  5. Bahromning murojaatini “yoshga yetmagan va to‘liq muomala layoqati yo‘q” sababli ko‘rib chiqmaslik va unga vasiylik organiga murojaat qilishni tushuntirish
  6. Bahromning murojaatini ro‘yxatga olib, to‘liq ko‘rib chiqishni kafolatlash, vaziyatni joyida o‘rganish va bolaning suhbat hamda psixologik va ijtimoiy pedagog xulosalari asosida qaror qabul qilish

30 / 30

Siz yangi ta’lim muassasasiga direktor sifatida tayinlandingiz. Muassasa oldingi rahbar tomonidan qat’iy nazorat va an’anaviy boshqaruv usullari bilan boshqarilgan. O‘qituvchilarning aksariyati o‘z ishidan noroziligini bildirgan, innovatsion yondashuvlarga ishonmaydi va faqat mavjud tizim doirasida ishlashni afzal ko‘radi. Shu bilan birga, o‘quvchilar dars jarayonidan zerikayotgan, ularning motivatsiyasi pasaygan. Shu sharoitda muassasaning asosiy maqsadi – ta’lim sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy qilish va xodimlar hamda o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy muhit yaratish.

Yangi rahbar sifatida siz menejerlik va liderlik tamoyillarini uyg‘unlashtirgan holda to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

Sizning ballingiz

O'rtacha ball 57%

0%

2

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.